Tramp Islandiyani AQSh tarkibiga kiritilgan xaritani e’lon qildi

Dunyo

AQSh Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Islandiya Qo‘shma Shtatlar tarkibida ko‘rsatilgan xaritani e’lon qildi. Shundan so‘ng Islandiya tashqi ishlar vaziri Torgerdur Katrin Gyunnarsdouttir AQSh elchisi Billi Longni TIVga chaqirdi.

Tramp Islandiyani AQSh tarkibiga kiritilgan xaritani e’lon qildi
E’lon qilingan xaritada Grenlandiya, Kanada, Meksika, Markaziy Amerika mamlakatlari va Karib havzasidagi davlatlar ham AQSh tarkibida ko‘rsatilgan. Ushbu hududlarning barchasi Amerika bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan. Tramp esa xaritaga hech qanday izoh yoki yozuv qo‘shmagan.

Islandiya TIV ma’lum qilishicha, AQSh elchisi bilan uchrashuvda ushbu nashr muhokama qilingan. «Uchrashuvda ushbu nashr mutlaqo nomaqbul ekani aniq bildirildi», — deyiladi Islandiya tashqi ishlar idorasi bayonotida.

Xarita Trampning AQSh hududlariga oid avvalgi bayonotlari fonida e’lon qilindi. Avvalroq Amerika prezidenti Oy AQShga tegishli ekanini ma’lum qilgan.

Oq uyga qaytganidan keyin Tramp bir necha bor Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, u Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi, Kanada bilan chegaradagi Ontario ko‘lini esa Amerika ko‘li deb qayta nomlashga ko‘rsatma bergan.

Amerika prezidenti Nyu-Meksiko shtatini «Yangi Amerika» deb qayta nomlashni ham taklif qilgan.

Islandiyaning AQSh tarkibida ko‘rsatilgan xaritaning e’lon qilinishi Trampning AQSh hududlarini kengaytirish va geografik nomlarni o‘zgartirishga oid bayonotlari fonidagi navbatdagi holat bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing