O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Liverpulda boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi. Sportchilarimiz jami 11 ta medal — 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza qoʻlga kiritib, umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
Oltin medal sohiblari: Abdumalik Xalokov (−60 kg), Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (−65 kg), Fazliddin Erkinboyev (−75 kg), Javohir Ummataliyev (−80 kg), Akmaljon Isroilov (−85 kg) va Toʻrabek Habibullayev (−92 kg).

Kumush medallarni Navbahor Hamidova (−65 kg) hamda Jahongir Zokirov (+90 kg) qoʻlga kiritdi.

Bronza medal egalari esa Sabina Boboqulova (−48 kg), Feruza Kazakova (−51 kg) va Aziza Zokirova (−75 kg) boʻldi.

Chempionatda 68 davlatdan 540 sportchi qatnashdi. Oʻzbekiston terma jamoasining yutuqlari mamlakat boks maktabining yuqori saviyasini yana bir bor isbotladi. Milliy Olimpiya Qoʻmitasi bokschilar, murabbiylar va millionlab muxlislarni ushbu yirik muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing