O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi
Sport
O‘zbekiston boks federatsiyasi, o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi.
Kecha, 15-oktyabr kuni Tailand davlatining Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oʻzbekiston Boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu Kongressda kun tartibi bo‘yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022-yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etilgan.
“O‘zbekiston boks federatsiyasi, o‘tgan 2022-yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofoti topshirildi”, deyiladi xabarda.
Ushbu mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib olgan.

Powered by Froala Editor