O‘zbekiston Bosh vaziri Koreyaning Lotte Group delegatsiyasi bilan uchrashdi
Siyosat
Bugun, 13-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga asosan, Bosh vazir Abdulla Aripov Koreya Respublikasining Lotte group kompaniyasi rahbari Shin Dong Bin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda O’zR Bosh vazirining matbuot kotibi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot O’zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga yana bir muhim qadam bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Qolaversa, uchrashuvda hamkorlikdagi loyihalarni "yashil" energetika, gaz-kimyo, turizm, oziq-ovqat va boshqa sohalarni qamrab olgan holda yanada boyitish masalalari muhokama qilindi.
Lotte Group nafaqat Koreyada, balki Osiyoda eng yirik konglomeratlardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya O’zbekistondagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokidagi ilk yirik Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etgan.

Powered by Froala Editor