O‘zbekiston Buyuk Britaniya va Qatar bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
Parlamentlararo ittifoqning (PI) 153-Assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya va Qatar parlamentlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda siyosiy muloqotni rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, ta’lim, savdo, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro parlament hamkorligini muvofiqlashtirishga e’tibor qaratildi.
Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Hoyl bilan uchrashuvda O‘zbekiston–Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Hoyl O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda bosh mehmon sifatida qatnashganidan mamnunligini bildirdi. U tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, bunday tashabbuslar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashda muhimligini qayd etdi.
Tomonlar parlamentlarning tegishli qo‘mitalari va parlamentlararo guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlarini ham muhokama qildi. O‘zbekiston yoshlari orasida ingliz tilini o‘rganish va Buyuk Britaniyada ta’lim olishga qiziqish ortib borayotgani munosabati bilan Britaniya universitetlari va ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohalaridagi aloqalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Qatar Shura Kengashi Raisining o‘rinbosari Hamda bint Hasan Al-Sulayti bilan uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki davlat rahbarlari kelishuvlarini amalga oshirishda parlamentlar rolini oshirish masalalari ko‘tarildi. Qo‘mitalar va parlamentlararo guruhlar o‘rtasida muntazam muloqot, onlayn uchrashuvlar, o‘zaro tashriflar hamda hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etildi. Gender tengligi va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Qatar vakili O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, Ikkinchi Osiyo xotin-qizlari forumining ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonning gumanitar tashabbuslari, G‘azo aholisi uchun ko‘rsatilayotgan yordam va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlar e’tirof etildi.
Assambleya doirasida Qo‘shilmaslik harakati Parlament tarmog‘ining muvofiqlashtiruv yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Narbayeva O‘zbekistonning 2027–2029-yillardagi raisligi davri uchun ustuvor vazifalarni belgiladi. Ular qonun ijodkorligi tajribasi almashinuvi, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish va parlamentlararo muloqotni faollashtirishni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Prezidenti lavozimiga Sagiba Gafarova nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Venesuela, Belarus, Pokiston, Misr, Marokash va Tanzaniya vakillari ham uning nomzodini ma’qullab, geografik vakillikning adolatli bo‘lishi va tashkilot faoliyatida institutsional izchillikni saqlash muhimligini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor