O‘zbekiston buyuk G‘alaba qahramonlarini xotirlamoqda
O'zbekiston
80 yildan so‘ng - xotira tirik. Prezidentimiz Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi qahramonligi haqidagi haqiqatni yoshlarga yetkazishga chaqirdi.
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, frontlarda jang qilgan va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonliklarning qurbonlari va qahramonliklari xotirasini asrab-avaylash muhimligini qayd etdi.
Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, fashizmga qarshi janglarda O‘zbekistondan 2 millionga yaqin kishi qatnashgan. 540 mingdan ziyodi halok bo‘ldi, 158 ming nafari bedarak yo‘qoldi, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda qiynoqqa solindi, 60 mingga yaqini frontdan nogiron bo‘lib qaytdi. 214 ming askar va ofitser jasorati uchun jangovar mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston urush yillarida frontni texnika, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan muhim front orti bazasiga aylandi. Respublikaga evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi, shu jumladan, 250 ming yetim qabul qilingan.
Tadbirda Qurolli Kuchlar, davlat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar va faollar ishtirok etdi. Ular yodgorlik poyiga gul qo‘yib, halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Prezidentimiz avlodlar davomiyligi ramzi bo‘lgan ikki muallaq qush tasviri tushirilgan "Xotira nuri" monumental kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. Yodgorlik QR-kod bilan jihozlangan bo‘lib, u majmua tarixi va urush qahramonlari haqida ma’lumot olish, shuningdek, "Xotira nuri" kitobini yuklab olish imkonini beradi.
"Bu haqiqiy jasorat solnomasi. Buni yoshlarga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozir tahlikali zamonda, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor