O‘zbekiston chavandozlari “Maxima Masters” finalida 6 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

Rossiyaning Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Maxima Masters” turnirining final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning bosh qahramoni esa Bekzod Qurbonov bo‘ldi.

O‘zbekiston chavandozlari “Maxima Masters” finalida 6 ta medal qo‘lga kiritdi
Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima Masters” turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuksak natijalarga erishib, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bekzod Qurbonov 125 sm va 150 sm to‘siqlar balandligida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u jamoaviy dasturda kumush va 125 sm balandlikda bronza medalini ham qo‘lga kiritdi.

Yana bir chavandozimiz Bahromjon G‘oziyev esa 110 sm balandlikda bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoamiz hisobiga medal qo‘shdi.

Bu natijalar o‘zbekistonlik chavandozlarning xalqaro arenada tobora yuqori saviyaga chiqayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing