O‘zbekiston eksporti uchdan birga oshdi: asosiy hamkorlar aniqlandi

O'zbekiston

O‘zbekistonning eksport hajmi 2025-yilning yanvar–avgust oylarida 23 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,3 % ko‘proq, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi.

O‘zbekiston eksporti uchdan birga oshdi: asosiy hamkorlar aniqlandi
Eksportdagi eng katta ulush quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keladi:

Rossiya — $2,9 mlrd

Xitoy — $1,2 mlrd

Qozog‘iston — $910,8 mln

Afg‘oniston — $881,6 mln

Turkiya — $736,4 mln

Fransiya — $618,6 mln

BAA — $493,6 mln

Qirg‘iziston — $371,3 mln

Tojikiston — $338 mln

Pokiston — $267,9 mln

Shunday qilib, Rossiya va Xitoy O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlari bo‘lib qolmoqda. Umumiy eksport hajmining oshishi mamlakatning xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlashini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing