O‘zbekiston fuqarolarining BAAga safarlari ortmoqda

Dunyo

2024 yilning yanvar-avgust oylarida 81,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8% ga oshgan.

O‘zbekiston fuqarolarining BAAga safarlari ortmoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolarning ko‘pchiligi dam olish uchun — 73 595 nafar, qarindoshlarini yo‘qlash uchun esa 6 889 nafar kishi BAAga borgan. Shuningdek, xizmat safarlari (443 nafar), o‘qish (238 nafar) va davolanish (234 nafar) maqsadlarida ham safarlar amalga oshirilgan.

O‘zbekistonliklar orasida BAAga bo‘lgan qiziqishning o‘sishi turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing