O‘zbekiston G‘azodagi inqirozni har tomonlama hal etish tarafdori – elchi
Siyosat
“Bu yechim 1967-yildan oldingi chegaralarda poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatining barpo etilishiga olib kelishi kerak”, dedi O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev Misr G‘azodagi urushni to‘xtatib turish va qamalda qolgan g‘azoliklarga gumanitar yordam yetkazishda muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi. Bu haqda elchi MENA agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Qilichev o‘z intervyusida O‘zbekiston hozirgi inqirozni har tomonlama hal etish tarafdori ekanini aytdi.
“Bu yechim 1967-yildan oldingi chegaralarda poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatining barpo etilishiga olib kelishi kerak. Bu tegishli xalqaro qonuniylik rezolyutsiyalariga mos keladi”, dedi diplomat.
Mansurbek Qilichevning aytishicha, O‘zbekiston Falastin xalqi va mustaqil davlatini barpo etish huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Qilichev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)ga G‘azodagi faoliyati uchun 1,5 million dollar ajratganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, bugun, 23-yanvar kuni Misr va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 32 yil to‘ladi.
Ответить

Powered by Froala Editor