O‘zbekiston ilk bor BMTning Davlat xizmatlari bo‘yicha global forumiga mezbonlik qiladi
O'zbekiston
Samarqand bu yil yozda eng muhim xalqaro tadbirlardan biriga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston tarixda ilk bor BMT Davlat forumiga mezbonlik qiladi. Tadbir 2025-yil 23-25-iyun kunlari Silk Road Samarkand majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Forum butun dunyodan vazirlar, yuqori martabali amaldorlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatlarining kelajagini muhokama qilish uchun birlashtiradi. Asosiy mavzu - "2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish."
Tashkilotchi - BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti (UN DESA), shuningdek, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
Forum tajriba almashish, raqamli va boshqaruv islohotlarini muhokama qilish, shuningdek, samarali davlat xizmatlari orqali barqaror rivojlanishni ilgari surish uchun noyob platformaga aylanadi.

Powered by Froala Editor