O‘zbekiston intellektual mulk huquqlarini buzayotgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi

O'zbekiston

AQSh Savdo vakilining huquqiy va intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston kuzatuv ostidagi davlatlar (qora ro’yxat) ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston intellektual mulk huquqlarini buzayotgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi
“Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, ular bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolmoqda edi. Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolib kelayotgan edi. Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni 2018-yildan buyon diniy erkinliklarni buzganlik uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatidan chiqargan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing