O‘zbekiston kompaniyasi “McCormick Global Ingredients Ltd” bilan 5 million dollarlik shartnoma imzoladi
Biznes
“BMB Holding” 130 yillik tarixga ega Amerika kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi.
“BMB Holding” 7-fevral kuni Amerikaning “McCormick Global Ingredients Ltd” kompaniyasi bilan 5 million dollarlik eksport shartnomasini imzoladi.
“McCormick Global Ingredients Ltd” 130 yillik tarixga ega va o'n mingdan ortiq xodimga ega bo'lgan AQShning ziravorlar yetishtirish sohasidagi yirik tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Korxona “BMB Holding” bilan ikki yildan buyon hamkorlik qilib, mamlakatimizda za’faron yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish loyihasiga katta qiziqish bildirmoqda.
Joriy yilning fevral oyidan za’faron yetkazib berish jarayonlari boshlanadi. Bundan tashqari, kelgusida za’faron va kelajakda boshqa turdagi dorivor o‘simliklar va ziravorlar yetkazish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor