O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Siyosat
Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
5-mart kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Lixtenshteyn o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lixtenshteynning BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzoladi.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan Yevropa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Eslatib o'tamiz, 2024-yil 18-yanvarda Kampala shahrida (Uganda) O'zbekiston Respublikasi va Uganda Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Qo'shma kommyunike imzolangan bo'lib, u O'zbekistonning 145-xalqaro hamkori bo'ldi.

Powered by Froala Editor