O‘zbekiston Londonda investitsion mavqeini mustahkamlamoqda
Iqtisodiyot
Londonda Saida Mirziyoyeva Britaniya hukumati, London fond birjasi va yirik xalqaro moliyaviy kompaniyalar vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekistonga bo‘lgan investorlar qiziqishi, UzNIF IPO muvaffaqiyati va mamlakat moliya bozorini rivojlantirish masalalari bo‘ldi.
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra va Markaziy Osiyo hamda Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays bilan uchrashdi. Tomonlar UzNIF fondining xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqishi va britaniyalik investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortayotganini muhokama qildilar. Qayd etilishicha, Britaniya investitsiyalari hajmi allaqachon 1 milliard dollardan oshgan.
Franklin Templeton kompaniyasi bosh direktori Jenni Jonson bilan uchrashuvda kapital bozorini rivojlantirish, moliyaviy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro kliring tizimlariga integratsiya va Toshkent xalqaro moliya markazini yaratish masalalari muhokama qilindi.
London fond birjasi rahbari Julia Enn Hoggett bilan muzokaralarda UzNIF’ning LSE’dagi muvaffaqiyatli IPO’si, ESG standartlari, yashil obligatsiyalar va barqaror moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Julia Hoggettning ta’kidlashicha, UzNIF IPO’si London fond birjasidagi so‘nggi besh yildagi eng yirik joylashtirish bo‘lgan. Uchrashuv ishtirokchilari xalqaro investorlarning qiziqishi O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatayotganini qayd etdilar.

Powered by Froala Editor