Oʻzbekiston MDH oʻyinlarini 119 ta medal bilan yakunladi

Sport

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan III MDH oʻyinlarida 119 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston MDH oʻyinlarini 119 ta medal bilan yakunladi
Musobaqaning soʻnggi kunida badiiy gimnastika boʻyicha hamyurtlarimiz besh halqa va besh juft bulava dasturlarida jamoaviy bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Umumiy hisobda delegatsiyamiz 25 ta oltin, 33 ta kumush va 61 ta bronza medal bilan Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan keyin toʻrtinchi pogʻonani band etdi.

Mazkur oʻyinlar yosh sportchilarimiz uchun muhim tajriba maktabi boʻldi. Ularning koʻpchiligi 10 kundan soʻng Bahraynda start oladigan III Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ozarbayjonda oʻzini koʻrsatgan umidli sportchilar keyingi yirik musobaqalar uchun tayyorligini isbotladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing