Oʻzbekiston mutasaddilari va hokimlari turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot bo’lib o’tmoqda, deb xabar berdi davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Oʻzbekiston mutasaddilari va hokimlari turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi
Yig’ilish boshida davlatimiz rahbari hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Qolaversa, mutasaddilar va hokimlar sohadagi tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarni, fikr va takliflarini o‘rganishi, ular bilan bamaslahat ish tutishi muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xiva shahrida “Xiva – 2024-yilda Islom dunyosi turizm shahri” xalqaro tadbirlari doirasida 31-maydan 2-iyungacha bo‘lib o‘tgan Turizm vazirlari Islom konferensiyasining (ICTM) XII sessiyasi yakunlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing