O‘zbekiston Olimpiada debyuti: Ispaniyaga qarshi tarixiy o‘yin

Sport

Barcha o‘zbek sporti muxlislarini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi tarixiy debyut bilan tabriklaymiz. Garchi futbolchilarimiz Ispaniyaga qarshi bahsda kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsalar ham, butun o‘yin davomida oxirigacha kurashishdi. Eldor Shomurodov esa jamoamizning Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki goliga mualliflik qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

O‘zbekiston Olimpiada debyuti: Ispaniyaga qarshi tarixiy o‘yin
FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida uchrashuv haqida quyidagicha post qoldirdi: “O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi Olimpiada ochilish o‘yinlaridan birida bo‘lganimdan juda xursandman. Futbol Parijda barcha odamlarni birlashtirayotganini ko‘rish juda ajoyib. 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi ajoyib sport haftasini intiqlik bilan kutyapman!”

Hisob qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘yin sportimiz tarixida qoladi. Yorqin o‘yin ko‘rsatgan Eldor Shomurodov va Abduvohid Ne’matov jamoamiz kelgusi bosqichga chiqish uchun oxirigacha kurashishini bildirishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing