Toshkentdagi dzyudo bo‘yicha turnir: O‘zbekiston oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Kecha, 1-mart kuni, o‘zbekistonlik dzyudochi Doston Ro‘ziev Toshkentda bo’lib o’tayotgan “Katta dubulg‘a” 2024 turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ro‘ziyev Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida hamyurtlarimizning ilk medaliga mualliflik qildi.
«Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Doston Roʻziyev Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida hamyurtlarimizning ilk medaliga mualliflik qildi. Sportchimiz -60 kg vazn toifasida kechgan final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Giorgi Sardalashvilini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi», — deyiladi MOQ xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a – 2024” turniri 1–3 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Unda 68 davlatdan 495 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor