O‘zbekiston Ozarbayjonda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini tatbiq etadi
Texnologiya
Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Samed Bashirli bilan muzokara olib bordilar. Bu haqda "O‘zeltexsanoat" uyushmasining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, unda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanayotgani, O‘zbekiston-Ozarbayjon davlat rahbarlarining do‘stona uchrashuvlari, ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22–23-avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida bir qancha sohalar qatori elektrotexnika sanoati yo‘nalishida ham hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasida maishiy texnika mahsulotlari va alyumin radiatorli isitgichlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Uchrashuvda mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida O‘zbekiston tomoni loyihalarga oid parametrlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlarni Ozarbayjon vakillariga taqdim etdi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, bu muzokaralar natijasida tomonlar mazkur loyihalarni amalga oshirish, ularni maxsus sanoat zonalariga joylashtirish, imtiyozlar taqdim etish, bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritishga kelishib oldi. Shuningdek, uchrashuvlarda loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha ikki tomonlama “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor