Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Baykar kompaniyasi ishlanmalari bilan tanishdi
Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Baykar kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurib, uning yuqori texnologiyali ishlanmalari, jumladan, mudofaa sanoati sohasidagi loyihalari bilan tanishdi. U ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va texnologik loyihalar ustida birgalikda ishlash imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi.
Tashrif davomida Mirziyoyeva kompaniyaning ishlanmalari va zamonaviy texnologiyalarni yaratish borasidagi yondashuvlari bilan tanishdi. Uning qayd etishicha, Baykar erishgan natijalar zamirida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati va o‘z texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar turibdi.
“Turkiyaning bu boradagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham qiziqarli”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
U Turkiya tomoni to‘plagan bilim va amaliy tajriba o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ham ahamiyatli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida kasbiy bilim va tajriba almashish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.
Mirziyoyeva, shuningdek, texnologik loyihalar ustida birgalikda ishlashga qiziqish bildirdi. Bunday hamkorlik yuqori texnologiyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga zamin yaratishi mumkin.
Tashrif Baykar kompaniyasining ishlanmalari bilan tanishish va O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasidagi texnologik hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Powered by Froala Editor