O‘zbekiston Prezidenti Dubayga bordi

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga bordi.

O‘zbekiston Prezidenti Dubayga bordi
Aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi.

Ertaga, 1-dekabr kuni O‘zbekiston rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing