O‘zbekiston Prezidenti O‘mon TIV rahbarini qabul qildi

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiy ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, investitsiyalar, savdo va transport masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston Prezidenti O‘mon TIV rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti 24-fevral kuni O‘mon tashqi ishlar vazirini qabul qildi. Muzokaralar davomida tomonlar tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi, ishbilarmonlik aloqalarining faollashuvi va qo‘shma loyihalarni kengaytirish, jumladan, ikki tomonlama Investitsiya kompaniyasi orqali moliyalashtirish muhimligini qayd etdilar.

Joriy yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz mamlakatlari" ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Hamkorlikka yangi turtki beradigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes-forum aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing