O‘zbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining ochilishida ishtirok etadi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun 25-sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ta’kidlash joizki, Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi "Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish" mavzusiga bag‘ishlangan. Global iqtisodiyot kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalari muhokama etiladi.
Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegatsiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston 2016-yil noyabr oyida OIIBga a’zo bo‘lgan. So‘nggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi. Amalga oshirilgan va joriy loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshib, "yashil" energetika, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Powered by Froala Editor