Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
O'zbekiston
5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va birodar Tojikiston xalqining ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Hamkorlik barcha yoʻnalishlarda jadallashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xoʻjaligi hamda boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli sheriklik davom etmoqda.
Hududlar oʻrtasida va madaniy-gumanitar jabhada faol almashinuvlar amalga oshirilmoqda.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Powered by Froala Editor