O‘zbekiston Prezidenti Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni tashqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tashqi ishlar bo‘yicha komissiya devoni rahbari, tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Xitoy tashqi ishlar vaziri mamlakatimiz yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni qariyb 5 mingtani tashkil qilmoqda, yil boshidan buyon Xitoydan salkam 15 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Texnologik sheriklik loyihalarining portfeli 90 milliard dollarga yaqinlashdi.
Yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Barcha darajalarda aloqalar faollashdi, ikki mamlakat hududlari samarali hamkorlik qilmoqda, ta’lim va madaniy-gumanitar sohada mazmunli almashinuvlar davom etmoqda.
O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi qayd etildi.
Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.
Shu yilning noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda bo‘lajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Powered by Froala Editor