Oʻzbekiston Prezidenti YTTB bilan keng koʻlamli sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Yangi Oʻzbekistonda islohotlar dasturini amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng koʻlamli sheriklikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Ushbu yetakchi koʻp tomonlama moliyaviy institut bilan strategik sheriklik bugungi kunda har qachongidan ham yuqori darajada ekani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugun Oʻzbekiston YTTBning mintaqadagi eng yirik hamkori hisoblanadi. Ustuvor yoʻnalishlardagi loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollardan oshdi. Investitsiyalarning katta qismi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Ekologik transportni rivojlantirish, temir yoʻl infratuzilmasini raqamlashtirish, tadbirkorlik, ipoteka bozori va mamlakat startaplar ekotizimini qoʻllab-quvvatlash sohalarida yangi kelishuvlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yilda kichik va oʻrta biznesni kreditlash koʻlamini kengaytirish, jumladan, eksportni moliyalashtirish, ayollar va yoshlarni biznes yuritishga oʻqitish dasturlarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish hamda bank-moliya sektorini transformatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etish va boshqa yoʻnalishlar ustuvor etib belgilandi.
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va transport infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ilgari surish boʻyicha rejalar qoʻllab-quvvatlandi.
Loyihalarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ularni amalga oshirish samaradorligini yaxshilash maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarini jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Xorijiy investorlar kengashining boʻlajak toʻrtinchi yigʻilishi kun tartibi ham koʻrib chiqildi.

Powered by Froala Editor