Özbekiston Qatarga yangi investitsiyaviy tashabbuslarni taqdim etdi
Iqtisodiyot
Özbekiston va Qatar savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi Özbekiston delegatsiyasi 2026-yilgi Jahon investitsiya forumida va Özbekiston–Qatar hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qatnashdi.
Tashrif doirasida Qatar hukumati vakillari va yetakçi kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazildi. Uçraşuvlarda sanoat, energetika, qishloq xöjaligi, transport infratuzilmasi va mineral resurslarni özlashtirish sohalaridagi qöshma tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi Toshkent loyihalariga Qatar kapitalini jalb etish masalasi ham muhokama qilindi. Tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport koridorlarini kengaytirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida infratuzilma obyektlarini yaratish istiqbollarini körib chiqdi.
Muzokaralarda istiqbolli tashabbuslarni moliyalashtirish imkoniyatlari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ayollar va yoshlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlash ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Tashrif Özbekiston va Qatar örtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda qöshma investitsiya loyihalarini ilgari surishga qaratildi. Yakunlarda tomonlar investitsiyaviy takliflarni batafsil ishlab chiqish, biznes aloqalarini rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarni amalda bajarish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi.
Keyingi bosqichda tashabbuslarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini baholash rejalashtirilgan. Hamkorlik an’anaviy iqtisodiy tarmoqlar bilan bir qatorda uzoq muddatli moliyalashtirish va xususiy kapital ishtirokini talab qiladigan infratuzilma loyihalarini ham qamrab oladi. Kelishuvlar ikki davlat iqtisodiy aloqalariga yangi sur’at bag‘ishlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor