O‘zbekiston rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda

Siyosat

Quvada 2024-yil 12-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O’zR Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

O‘zbekiston rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda
Ma’lum qilinishicha, davlatimiz rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga ko‘chib o‘tgan odamlarni ko‘rib, mamnun bo‘lganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi o‘ta murakkab sharoitda yangi yo‘l ochish, investitsiya olib kelish o‘z-o‘zidan bo‘lmayotgani qayd etildi.

Farg‘ona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday o‘sish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Farg‘ona viloyatini o‘zida yiliga 100 ta yangi bog‘cha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak, degani.

Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta o‘rinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qo‘yib, ulardan qattiq mas’uliyat talab etishi ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o’tamiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Farg’ona viloyatida 11–12-iyul kunlari tashrif bilan bo’lib turibdi.

Quva Oʻrta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri, 1929-yildan Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati Quva tumanining maʼmuriy markazi sanaladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing