Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Siyosat

20-dekabr kuni “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi davlatimiz rahbarini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushildi.

Shundan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing