O‘zbekiston Rossiya bilan aviaqatnovlarni kengaytirmoqda

O'zbekiston

Centrum Air aviakompaniyasi Samarqand, Namangan, Urganch va Toshkentdan Rossiya shaharlariga yangi reyslar yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Yangi yo‘nalishlar 2025-yil iyun oyi oxiridan boshlab ishlay boshlaydi. Mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar chastotasi ham oshiriladi.

O‘zbekiston Rossiya bilan aviaqatnovlarni kengaytirmoqda
2025-yil iyun oyidan boshlab yangi yo‘nalishlar:

🔹 Samarqanddan (SKD):
Samarqand - Moskva (Vnukovo) - 25-iyundan boshlab, haftasiga 3 ta reys
Samarqand - Sankt-Peterburg - 26-iyundan boshlab, haftasiga 2 ta reys
Samarqand - Xabarovsk - 27-iyundan boshlab, haftasiga 1 ta reys
Samarqand - Vladivostok - 23-iyundan boshlab, haftasiga 1 ta reys

🔹 Namangandan (NMA):
Namangan - Moskva (Sheremetevo) - 22-iyundan boshlab, haftasiga 3 ta reys
Namangan - Novosibirsk - 23-iyundan boshlab, haftasiga 2 ta reys
Namangan - Sankt-Peterburg - 25-iyundan boshlab, haftasiga 2 ta reys

🔹Urganchdan (UGC):
Urganch - Sankt-Peterburg - haftasiga 2 ta reys
Urganch - Moskva (Sheremetevo) - haftasiga 3 ta reysga oshiriladi
Urganch - Mineralniye Vodi - haftasiga 1 ta parvoz

🔹 Toshkentdan (TAS):
Toshkent - Moskva (Sheremetevo) - haftasiga 6 ta reysga oshiriladi

"Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish — mintaqalarni rivojlantirish va millionlab yo‘lovchilar uchun havo transporti qatnovlarining mavjudligi va qulayligini yaxshilashga qo‘shgan hissamizdir. Biz O‘zbekistonning har bir fuqarosi qulay, tez va maqbul narxlarda sayohat qila olishini istaymiz," - dedi Centrum Air asoschisi va boshqaruv raisi Abdulaziz Abdurahmonov.

Joriy jadval va chiptalar sotuvi aviakompaniya veb-saytida mavjud.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing