O‘zbekiston-Rossiya: madaniy-gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda

Siyosat

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy janoblari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Rossiya: madaniy-gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda
"Rossiya Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklik kun tartibining bir qancha yo‘nalishlari yuzasidan samimiy suhbatlashdik. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdik", — deb yozdi Baxtiyor Saidov o’zining Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Ikki va ko‘p tomonlama hamkorligimizni kengaytirishga qaratilgan qator masalalarni muhokama qilingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing