O‘zbekiston SSV vaboning tarqalish xavfi yo‘qligini ma’lum qildi

O'zbekiston

O‘zbekistonda vabo bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, xavotirga asos yo‘q. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning Irkutsk shahrida vabo kasalligiga gumon qilingan holat aniqlangani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, ma’lum qildi.

O‘zbekiston SSV vaboning tarqalish xavfi yo‘qligini ma’lum qildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda vabo bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasini nazorat qilish federal xizmati — Rospotrebnadzorning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Irkutskda aniqlangan holatning vabo, jumladan uning o‘pka shakli bilan bog‘liqligi hozircha tasdiqlanmagan. Ayni paytda tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekistondagi xalqaro o‘tkazish punktlarida 53 ta sanitariya nazorati punkti faoliyat yuritadi. Ular aeroportlar, temiryo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish punktlarida joylashgan. Xorijdan mamlakatga kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, hududiy sanitariya-epidemiologik xizmatlarning ixtisoslashtirilgan laboratoriyalari o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun zarur vositalar bilan ta’minlangan. Bu xavfli infeksiyalarni aniqlash bo‘yicha tegishli nazoratni amalga oshirish imkonini beradi.

“Mamlakatimizda vabo bo‘yicha vaziyat barqaror va xavotirga asos yo‘q”, — dedi Atabekov.

Vabo bakteriyalar keltirib chiqaradigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi. Uning tabiiy o‘choqlari dunyoning ayrim hududlarida mavjud. Kasallik asosan mayda sutemizuvchilar orasida uchraydi va zararlangan hayvonlardan, jumladan burgalar chaqishi orqali, odamlarga yuqishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing