O‘zbekiston Sun’iy intellekt bo‘yicha Jahon hamkorlik tashkilotining asoschilaridan biriga aylandi
Texnologiya
O‘zbekiston global raqamli kun tartibidagi o‘rnini yanada mustahkamlab, Sun’iy intellekt bo‘yicha Jahon hamkorlik tashkiloti (WAICO) hammuassislaridan biriga aylandi. Mazkur tashabbus mamlakat uchun sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va tajriba almashish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni yaratadi.
WAICOni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim 16-iyul kuni Shanxayda o‘tayotgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi (WAIC) doirasida imzolandi. Marosimda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, ta’sischi davlatlar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston nomidan hujjatni raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov imzoladi. Shu tariqa mamlakat yangi xalqaro tashkilotning hammuassis davlatlari qatoridan joy oldi.
WAICOning asosiy vazifalari sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur tashkilotdagi ishtirok O‘zbekistonga global AI ekotizimidagi mavqeini mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalar, ekspert salohiyati va eng yaxshi xalqaro tajribalarni jalb etish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor