O‘zbekiston ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlarni boshlaydi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi. Milliy pedagogika universitetini tashkil etish, zamonaviy maktablar qurish, bilimni baholashning xalqaro standartlarini joriy etish shular jumlasidan.
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasida ta’lim sohasini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimizga pedagoglarning kasbiy darajasini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, pedagogika yo‘nalishida 76 ta oliygoh bo‘lsa-da, ilmiy salohiyat pastligicha qolmoqda - atigi 40 foiz atrofida.
Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar yetishmasligi, sirtqi ta’limda talabalar ko‘pligiga alohida e’tibor qaratildi. Bunga javoban O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini tashkil etish, "Kelajak o‘qituvchilari" dasturini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.
"Yangi O‘zbekiston" universitetida chet ellik mutaxassislar va xorijdagi vatandoshlarni jalb qilgan holda, muhandislik, IT, sun’iy intellekt va tibbiyot kabi ilg‘or sohalarda kadrlar tayyorlashni kuchaytirish maqsadida Germaniya tajribasi asosida yangi laboratoriyalar va klinika ochiladi.
Mamlakatda ta’lim darajasini baholash uchun 2025-yilda 9 ming nafar 15 yoshli maktab o‘quvchilari PISA xalqaro tizimi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Maktab o‘rinlari tanqisligini hisobga olgan holda (ikki mingta maktab haddan tashqari yuklangan), 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratish, shuningdek, Islom taraqqiyot banki (200 mln dollar) krediti hisobidan hududlarda 58 ta maktab qurish rejalashtirilgan.
Bolalarning axborot xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktab o‘quvchilarining internetdagi faolligi yuqori bo‘lishiga qaramay (ularning 80 foizi ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanadi), sifatli milliy kontent yetarli emas. Prezidentimiz uning hajmini oshirish, ma’rifiy va tarbiyaviy materiallar yaratayotgan mualliflarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Powered by Froala Editor