O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 favoritlari ro‘yxatiga kiritildi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda bo‘lajak turnirning eng kuchli ishtirokchilari reytingini taqdim etgan nufuzli Goal.com sport portali xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 favoritlari ro‘yxatiga kiritildi
Ro‘yxatga 48 ta ishtirokchi jamoa kiritilgan. Birinchi o‘rinni Ispaniya egalladi. Reytingda Osiyoning oltita jamoasidan biriga aylangan O‘zbekiston terma jamoasi 25-o‘rinni egalladi.

Ro‘yxat quyidagicha:
  1. Ispaniya
  2. Argentina
  3. Angliya
  4. Portugaliya
  5. Fransiya
  6. Germaniya
  7. Gollandiya
  8. Braziliya
  9. Marokash
  10. Ekvador
  11. Janubiy Koreya
  12. Yaponiya
  13. Urugvay
  14. Xorvatiya
  15. Belgiya
  16. Kolumbiya
  17. Italiya
  18. Meksika
  19. Paragvay
  20. Kanada
  21. Avstraliya
  22. Eron
  23. AQSH
  24. Tunis
  25. O‘zbekiston
  26. Iordaniya
  27. Yangi Zelandiya.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing