O'zbekiston terma jamoasi og'ir atletika bo'yicha Jahon kubogida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritdi
Sport
31-martdan – 11-aprelga qadar Tailandning Pxuket shahri ogʻir atletika boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qildi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sayyoramizning 110 davlatidan 466 sportchi qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo’ldi.
Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan erkaklar terma jamoamiz medallar jamg’arish bo’yicha KXDR, Xitoy va Armanistondan so’ng to’rtinchi o’rinni egalladi.
Barcha medallar erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasidagi bahslarda qoʻlga kiritildi. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari chempioni Akbar Joʻrayev ushbu vaznda tengsiz ekanini koʻrsatib, barcha yoʻnalishlarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsa, umidli polvonlarimizdan biri Sharofiddin Amriddinov dast koʻtarish mashqida bronza medali bilan taqdirlandi.

Powered by Froala Editor