O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi pley-offiga yo‘l oldi
Sport
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) Osiyo Kubogida ishonchli hujum qilmoqda: uchta g‘alaba, to‘qqiz ochko va turnir mezboni Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi. Jamoa pley-offga birinchi o‘rin bilan yo‘l oladi va yangi g‘alabalarga tayyor.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichini uchta o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda benuqson o‘yin namoyish etib, birinchi o‘rinda yakunladi.
"A" guruhining so‘nggi o‘yinida Islombek Ismoilov shogirdlari Saudiya Arabistoni jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, mezbonlarni 3:0 hisobida yengdi. 57-daqiqada Jamshidbek Rustamov penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas Asilbek Aliyev turnirdagi uchinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi. So‘nggi nuqtani esa yana o‘sha Rustamov 70-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, balki buni yorqin lahzalarda amalga oshirdi - guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Saudiya Arabistoni jamoasi ham mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
O‘zbekistonlik o‘smirlar navbatdagi o‘yinni 13-aprel kuni o‘tkazib, "B" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston yoshlarining ishonchli g‘alabalari va yetuk o‘yinlari muxlislarga g‘urur bag‘ishlab, xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishga umid baxsh etmoqda.

Powered by Froala Editor