O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori bilan uchrashdi
Siyosat
2024-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Iskandar Baxous bilan uchrashdi.
«Shu kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Osiyo xotin-qizlar forumi"da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Iskandar Bahus xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. Bahus xonimning mamlakatimizda ayollar va qizlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini qadrlaymiz. Gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish, jamiyatimizda ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston hukumatining uzoq muddatli farovonlikka erishish yo‘lidagi ustuvor vazifalaridandir», — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 9-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 9-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qabul qilindi.
Powered by Froala Editor