O‘zbekiston TIV rahbari Chilining yangi elchisi bilan uchrashdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 24-aprel kuni Chilining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Eduardo Eskobarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Chilining yangi elchisi bilan uchrashdi
“Chilining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Eduardo Eskobar janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarimizni faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, parlamentlararo muloqot, qo‘shma savdo komissiyalari va hamkorlikning boshqa yangi shakllarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladik”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Chili o’rtasidagi diplomatik munosabatlar 1994-yil 15-sentyabrda o‘rnatilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing