OpenAI dunyodagi eng qimmat kompaniyalar reytingida yetakchilik qiladi

Biznes

OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. Uning qiymati hozirda 500 milliard dollarga baholanmoqda - bu Ilon Maskning SpaceX va Xitoyning ByteDance kompaniyalaridan ham ko‘proq.

OpenAI dunyodagi eng qimmat kompaniyalar reytingida yetakchilik qiladi
Yaqinda OpenAI 300 milliard dollarga baholangan edi. Bloomberg va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI’ning hozirgi va sobiq xodimlari kompaniya aksiyalarini investorlarga qariyb 6,6 milliard dollarga sotgan. Endi uning qiymati SpaceX kapitalizatsiyasidan (400 milliardga yaqin) oshib ketdi va u ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Xususiy kompaniyalarning global reytingida TikTok egasi bo‘lgan Xitoyning ByteDance kompaniyasi uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

OpenAI tahlilchilari narxlarning oshishini investorlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga bo‘lgan yuqori qiziqishi bilan bog‘lamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing