Samarqand 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi
O'zbekiston
2028-yilda Samarqand Markaziy Osiyoda ilk bor Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Tadbirga 10 mingdan ortiq mehmonlar — olimlar, muhandislar, kosmik agentliklar va biznes vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Kongress doirasida jahon kosmik sanoatidagi so‘nggi yutuqlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma tashkil etiladi.
Rasmiy qaror Sidneyda bo‘lib o‘tgan navbatdagi xalqaro kongressda e’lon qilindi. Samarqand tanlovi ramziy ahamiyat kasb etadi: bundan olti asr avval aynan shu shaharda Mirzo Ulug‘bek tashabbusi bilan o‘z davrining eng yirik rasadxonalardan biri qurilgan edi.
Mamlakat uchun iqtisodiy samara ham katta bo‘lishi mumkin. Masalan, 2023-yilda Avstraliyaning Sidney shahri kongressni o‘tkazib, qariyb 27 million dollar daromad ko‘rgan edi. O‘zbekistonda ham bu tadbir nafaqat ilmiy va madaniy nufuzni oshirish, balki turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga yangi turtki berishi kutilmoqda.
Shu tariqa, Ulug‘bek merosi va zamonaviy kosmik muloqotni uyg‘unlashtirgan Samarqand dunyoning eng nufuzli ilmiy forumlaridan biriga mezbonlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Powered by Froala Editor