O‘zbekiston TIV rahbari Tojikiston Elchisini qabul qildi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 25-mart kuni Tojikiston Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Tojikiston Elchisini qabul qildi
“Tojikiston Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda janoblari bilan uchrashganimizdan xursandmiz. Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish va o‘zaro manfaat kasb etadigan ko‘plab sohalarda qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratdik”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 2024-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston-Tojikiston investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing