O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Siyosat
Bir kun avval Tokioga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“O‘zbekistonning Yaponiyadagi yaqin do‘sti, Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso janoblari bilan uchrashganimizdan g‘oyat mamnunmiz. Shubhasiz, xalq diplomatiyasi mamlakatlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Janob Aso va uning jamoasiga o‘zbek-yapon aloqalarini rivojlantirishga ko‘rsatayotgan doimiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz”, — deb yozadi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Ushbu tashrif tufayli O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu Baxtiyor Saidovning Yaponiyaga ilk tashrifidir.
Ushbu tashrif tufayli O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu Baxtiyor Saidovning Yaponiyaga ilk tashrifidir.
Powered by Froala Editor