O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini kengaytirmoqda: 55 mamlakat bilan hamkorlik

Iqtisodiyot

2024 yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati faol eksport qilishni davom ettirdi. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bu davrda 55 davlatga 1,8 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib bergan.

O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini kengaytirmoqda: 55 mamlakat bilan hamkorlik
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmining 12 foizini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etdi. Eng katta ulushni kalava-ip (45,8%) va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (38,5%) egalladi. Bu sanoat mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli daromad keltirayotgan muhim sohalardan biri sifatida rivojlanmoqda.

Eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibida kalava-ip yetakchilik qilib, uning hajmi 813,4 million AQSH dollariga yetdi. Shuningdek, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 684,9 million dollarga teng bo‘lib, sanoatning jadal rivojlanishini ko‘rsatmoqda.

Trikotaj mato, gazlama va paypoq mahsulotlari ham eksportning muhim qismi bo‘lib, ular mos ravishda 169,3 million, 86,3 million va 23,8 million dollarlik eksport hajmini tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing