O‘zbekiston triatlon bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni Samarqandda o‘tayotgan triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatimizga kelgan Jahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimoni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston triatlon bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda
Muzokaralar chog‘ida turnirning borishi va milliy terma jamoaning ishtiroki bo‘yicha qadamlar ko‘rib chiqildi. Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirish, jumladan, sport infratuzilmasi va kadrlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash borasidagi dasturlarni birgalikda amalga oshirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish va yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiluvchi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing