O'zbekiston Turkmaniston bilan transport-tranzit va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Iqtisodiyot
Ashxobodda transport-tranzit va kommunikatsiyalar sohasidagi O'zbekiston-Turkmaniston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi . O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chaqiyev bilan muzokara o'tkazdi.
Uchrashuv chog'ida transport-tranzit va kommunikatsiyalar sohasidagi O'zbekiston-Turkmaniston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
So'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy dinamikasi va sezilarli faollashgani qayd etildi. Bu esa xalqaro yuk tashuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ikki mamlakat o'rtasida transport infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, tarif va tartibga solish siyosatini takomillashtirish bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash zarurligini belgilab bermoqda.
Strategik sheriklar – O'zbekiston va Turkmanistonning mavjud infratuzilmalardan samarali foydalangan holda, yangi transkontinental va multimodal transport yo'laklarini shakllantirishga qaratilgan qator ko'p tomonlama xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Powered by Froala Editor