O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron xalqaro transport va tranzit yo‘lagi tashkil etilishi mumkin

Iqtisodiyot

Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron xalqaro transport va tranzit yo‘lagi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron davlatlari xalqaro transport va tranzit yo‘lagini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31-iyul kuni Transport vazirligi hamda Eron Respublikasi yo‘l va shaharsozlik vazirligi vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklidagi muzokaralar o‘tkazilgan. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hukumatlari o‘rtasida xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun “Bandar-Abbos” va “Chabahor” portlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing