"Oʼzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya" transport koridorida arzon narxlar belgilanadi
Iqtisodiyot
Ushbu multimodal transport yo‘nalishining rivojlanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va savdo salohiyatini kengaytirishga yordam beradi. Bu, shuningdek, mintaqada transportning qulayligi va samaradorligini oshiradi va iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi va mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.
Istanbul shahrida "Oʼzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya" multimodal transport koridorida ishtirok etuvchi mamlakatlar temir yoʼl maʼmuriyatlarining birinchi yigʼilishi bo'lib oʼtdi, unda ushbu transport yoʼnalishini rivojlantirish bilan bogʼliq muhim masalalar muhokama qilindi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, temir yoʼlda raqobatbardosh tariflarni joriy etish va yoʼnalish boʼyicha transport hajmini oshirish muhokama qilingan. Tomonlar ushbu yoʼnalish boʼyicha transport uchun arzon va raqobatbardosh narxlarni belgilash tovarlar va yuklarni tashish hajmini oshirishga yordam beradi degan fikrga kelgan.
Uchrashuv davomida ishtirokchi mamlakatlarning temir yoʼl maʼmuriyatlari oʼrtasida tegishli Bayyonnoma imzolangan.
Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar transport vazirlarining 12-yigʻilishi doirasida “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport koridorini shakllantirish toʻgʻrisidagi Bayyonnoma imzolangan edi. Ushbu yo‘lak mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi transport infratuzilmasi va savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim element hisoblanadi.

Powered by Froala Editor