O‘zbekiston va Afg‘oniston 36 million dollarlik savdo kelishuvlarini mustahkamladi
Iqtisodiyot
Kobulda o‘tkazilgan savdo yarmarkasi doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari 36 million dollarlik dastlabki bitimlarni imzoladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi ikki davlatda savdo uylari va rasmiy vakilliklarni ochishga kelishib oldi. Ushbu choralar savdo aloqalarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va bizneslararo hamkorlikni kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Powered by Froala Editor